Assalomu aleykum!

Manzil:

Qarshi shahar, Islom Karimov ko'chasi, 85 uy

2026 yil 25 mart kuni Dehqonobod va G‘uzor tumanlarida fuqarolar murojaatlari bo‘yicha sayyor qabul to‘g‘risida

🏥2026 yil 25 mart kuni Dehqonobod va G‘uzor tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalariga tashrif buyurildi.
🏥Poliklinikalarda barcha mutaxassislar uchun alohida xonalar mavjud bo‘lib, ular zarur jihozlar va kompyuter jamlanmalari bilan to‘liq ta’minlangan.
🙎‍♂️Bemorlar poliklinikada mutaxassislar tomonidan muntazam ravishda o‘z vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, doimiy nazoratga olingan.
💊Dori-darmonlar ta’minoti yetarli darajada bo‘lib, uzilishlar kuzatilmadi.
🙎‍♂️Birlamchi bo‘g‘in bo‘yicha barcha bemorlar elektron bazaga kiritilib borilmoqda.
✅Shuningdek, har bir bemorning ambulator kartasiga tegishli ma’lumotlar to‘liq va aniq qayd etib boriladi.
✅“Ijtimoiy xavfli” toifadagi bemorlar har oyda tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi, qolgan bemorlar esa har olti oyda rejali tarzda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib boriladi.