Bo‘lajak shifokorlar bilan psixiatriyaning dolzarb masalalari muhokama qilindi
Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Sh. Mamadiyev bilan Qarshi davlat universiteti tibbiyot fakultetining 5-bosqich talabalari ishtirokida mahorat darsi va ochiq muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida bugungi kunda psixiatriya sohasida uchraydigan dolzarb muammolar, sohadagi yangi islohotlar va zamonaviy davolash usullari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, talabalarning ushbu murakkab va mas’uliyatli sohaga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, kelajakda malakali psixiatr bo‘lib yetishishlari uchun zarur bo‘lgan tavsiyalar berildi.
Samimiy ruhda o‘tgan suhbatda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassisdan javob oldilar.
