Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya xizmati boʻyicha Qashqadaryo viloyati filialida reja asosida navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etildi
✅ Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya xizmati boʻyicha Qashqadaryo viloyati filialida reja asosida navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etildi.
✅ Seminar davomida bezgak kasalligining etiologiyasi, yuqish yo‘llari, klinik belgilari hamda profilaktika choralariga alohida to‘xtalib o‘tildi.
✅Amaliy qismda bezgakni aniqlash maqsadida qon olish texnikasi, xususan, yupqa va qalin qon surtmalarini to‘g‘ri tayyorlash, aseptika va antiseptika qoidalariga qat’iy rioya qilish tartibi batafsil tushuntirildi.
✅Shuningdek, laboratoriya tekshiruvlari uchun biomateriallarni to‘g‘ri yig‘ish, saqlash va o‘z vaqtida yetkazish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar mustahkamlandi.
✅Seminar doirasida parhez stollari va ularning turlari, turli kasalliklarda to‘g‘ri ovqatlanishning ahamiyati ham keng yoritildi.
✅Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berilib, o‘zaro tajriba almashildi. Seminar yuqori saviyada va samarali tashkil etildi.
