RIRSIATMPXB QASHQADARYO VILOYATI FILIALIDA OIV VA OITS MAVZUSIDA SEMINAR BO‘LIB O‘TDI
✅Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya xizmati bo‘yicha Qashqadaryo viloyati filialida
✅ OIV VA OITS MAVZUSIDA SEMINAR BO‘LIB O‘TDI
✅Filialimizda SPID markazi mutaxassisi Dilfuza Turopova hamda shifoxonamiz bosh hamshirasi Raxmonova Zilola boshchiligida tibbiyot xodimlari ishtirokida OIV va OITS mavzusida mazmunli seminar tashkil etildi.
📌 Seminar davomida:
O‘zbekiston Respublikasi SSVning 2014-yil 15-apreldagi 5-sonli buyrug‘i hamda OIVga tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish qoidalari haqida ma’lumot berildi.
✅OIV infeksiyasining paydo bo‘lishi va yuqish yo‘llari, undan himoyalanish choralari tushuntirildi.
✅ OIV va OITSda immun tizimining zararlanishi, kasallikning organizmga ta’siri haqida ma’lumotlar berildi.
✅ OIV infeksiyasi manbai va virus yuqishi mumkin bo‘lgan biologik suyuqliklar haqida tushuncha berildi.
✅ Tibbiy avariyalar, jumladan, igna sanchilishi, kesilish va biologik suyuqliklar bilan tasodifiy kontaktda yuzaga keladigan holatlar hamda bunday vaziyatlarda ko‘riladigan choralar yoritildi.
✅ Seminar yakunida mavzular yuzasidan savol-javoblar o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassis tomonidan batafsil javoblar oldilar.
✅ Seminar tibbiyot xodimlarining OIV infeksiyasining oldini olish, tibbiy xavfsizlik va kasbiy mas’uliyat borasidagi bilimlarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
