Assalomu aleykum!

Manzil:

Qarshi shahar, Islom Karimov ko'chasi, 85 uy

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya bo‘yicha Qashqadaryo filiali maxsus davolash, kasalliklarni oldini olish muassasasi bo’lib, asab-ruxiy kasalligiga chalingan bemorlarni dispenser xisobiga olish, ularning ustidan nazorat o’rnatish, zaruriy vaqtda xisobdan chiqarish, bemorlarni yotqizib tekshirish, davolash ishtimoiy mexnat qobilyatini tiklash, harbiy chaqiruvdagi o’smirlar va mexnat, ambulator sudlov psixiatriya ekspertizalarini o’tkazish, shizofreniya, ruxiy eksogen sabablariga ko’ra ruxiy xamda ichki kasalliklar bilan xastalangannefrozlarni, epilepsiya xastaligini, aqli mpastligini, nutq nuqsoni pastligini davolaydi.

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya bo‘yicha Qashqadaryo filiali viloyat xududida, joylarda, tumanlarda axoliga asab-ruxiy xastaliklari bo’yicha stasionar va ambulatoriya xizmatini dispenser usulida qo’llash yo’li bilan xizmat ko’rsatishni muofiqlashtirib boradi va nazorat qiladi

Asosiy vazifalari
aholiga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish;
birlamchi boʻgʻin tibbiyot muassasalariga ruhiy salomatlikni muhofaza qilish xizmatlarini integratsiya qilish orqali ruhiy holat buzilishini erta aniqlash va davolash choralarini koʻrish;
birlamchi boʻgʻin tibbiyot muassasalari shifokorlarining ruhiy holati buzilgan shaxslarni klinik baholash, davolash hamda kuzatib borish boʻyicha koʻnikmalarini rivojlantirish va bilimlarini oshirish;
ruhiy holati buzilgan shaxslarni dori vositalari bilan ehtiyojga koʻra toʻliq taʼminlash choralarini koʻrish;
aholi, ayniqsa, bolalar va oʻsmir yoshlarning ruhiy salomatligini mustahkamlash;
tibbiyot xodimlarining kasbiy darajasini, shu jumladan mutaxassislarning xorijiy yetakchi tibbiyot taʼlim muassasalarida hamda klinikalarida oʻz ixtisosligi boʻyicha kasalliklarga tashxis qoʻyish va ularni davolashning zamonaviy usullari boʻyicha stajirovkalarini tashkil etish orqali doimiy ravishda oshirib borish va takomillashtirish;
ixtisosligi boʻyicha kasalliklarning oldini olish, ularga tashxis qoʻyish va davolash boʻyicha ilgʻor usullar va texnologiyalarni ishlab chiqishga hamda tibbiyot amaliyotiga joriy etishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish;
xorijiy yetakchi tibbiyot muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash;
tuman (shahar) tibbiyot tashkilotlariga tashkiliy-uslubiy rahbarlik qilish, ularning amaliyotiga tibbiy yordamning zamonaviy usullari va texnologiyalarini joriy etish, sayyor maslahatlar (konsultatsiyalar) berish, mahorat darslarini muntazam ravishda oʻtkazib borish.