Bugun — Butunjahon salomatlik kuni
Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti 1948 yil 7 aprelda tashkil etilgan bo’lib, bu sana har yili Butunjahon salomatlik kuni sifatida keng nishonlanadi.
Ushbu sanada dunyoning ko’plab mamlakatlari, jumladan, O’zbekistonda ham sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish va aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar o’tkaziladi.
Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti bu yil dunyo hamjamiyatini «ilm-fanga tayangan holda, salomatlik yo’lida birgalikda» shiori ostida birlashtirmoqda.
Shuningdek, tashkilot hukumatlar, olimlar, sog’liqni saqlash sohasi mutaxassislari, hamkorlar va jamoatchilikni sog’lom kelajak qurish uchun ilm-fanni qo’llab-quvvatlashga chaqiryapti.
Bir yil davom etadigan ushbu kampaniya davomida tibbiyotda dalillarga asoslangan amaliy echimlarni ishlab chiqish hamda ilmiy taraqqiyot va ko’p tomonlama hamkorlikka alohida e’tibor qaratiladi.
Sog’liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.