SSV: Respublika pediatriya markazida kam uchraydigan irsiy kasalliklar ilg’or usullarda skrining qilinmoqda
Yurtimizda yosh avlod salomatligini asrash, zamonaviy davolash-diagnostika uskunalari bilan jihozlangan bolalar shifoxonalari tarmog’ini yaratish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Buni Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi faoliyati misolida ko’rish mumkin. — Muassasamiz pediatriya sohasida davolash-profilaktika, ilmiy-tadqiqot va uslubiy faoliyat olib boruvchi, shuningdek, bolalarga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko’rsatuvchi mustaqil markaz hisoblanadi, — deydi direktor Abdumannop Abduqayumov. …