Shavkat Mirziyoyev Qarshi tumani tibbiyot birlashmasiga borib, bemorlar bilan suhbatlashdi
Davlat rahbari Qashqadaryoga tashrifi chog‘ida rejadan tashqari tarzda Qarshi tumani tibbiyot birlashmasiga bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Uning binosi o‘tgan asrning 60–70-yillarida qurilgan. Shifoxona 228 bemor o‘rniga va poliklinika 250 qatnovga mo‘ljallangan. Hozirda tumandagi 243 ming aholiga xizmat ko‘rsatadi. Lekin bu yerdagi sharoitlar shuncha qamrovga va zamon talabiga mos emas. Ayrim jihozlarni yangilashga …