Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya xizmati boʻyicha Qashqadaryo viloyati filialida OIV/OITS kasalligi profilaktikasiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi
✅ Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya xizmati boʻyicha Qashqadaryo viloyati filialida
✅SPID markazi mutaxassisi Dilfuza Turayeva hamda shifoxonamiz bosh hamshirasi Raxmonova Zilola opa hamkorligida OIV/OITS kasalligi profilaktikasi, uning yuqish yo‘llari, oldini olish choralari va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
✅Tadbir davomida xodimlarga OIV infeksiyasi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
✅Shuningdek, savol-javoblar o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob oldilar.
✅Uchrashuv xodimlarning tibbiy bilimlarini yanada mustahkamlash, OIV/OITS bo‘yicha xabardorligini oshirish hamda kasallikning oldini olish bo‘yicha tushunchalarini boyitishga xizmat qildi.
