Assalomu aleykum!

Manzil:

Qarshi shahar, Islom Karimov ko'chasi, 85 uy

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya xizmati bo’yicha Qashqadaryo viloyati filialida navbatdagi seminar yig’ilishi bulib utdi

✅ Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya xizmati bo’yicha Qashqadaryo viloyati filialida navbatdagi seminar yig’ilishi bulib utdi
✅ Yig’ilishda «O’ta xavfli yuqumli kasalliklar. Qutirish kasalligi» mavzusida batafsil ma’ruza qilinib, qutirishning odam va hayvonlar uchun nihoyatda xavfli infeksion kasallik ekani, uning asosan kasallangan hayvon tishlashi yoki tirnashi orqali yuqishi, dastlabki belgilari, asoratlari hamda o’z vaqtida ko’riladigan choralar haqida keng tushuntirish berildi. zudlik bilan tibbiy yordamga murojaat qilish, Kasallikning oldini olishda va aholining xabardorligini oshirish kerakligi qayd etildi.
✅ Shuningdek, DEMED tizimi bo’yicha o’quv mashg’uloti o’tkazilib, tizimdan samarali foydalanish hamda ma’lumotlarni to’g’ri va o’z vaqtida kiritish yuzasidan tavsiyalar berildi.
✅ Yakunda turli masalalar ko’rib chiqilib, joriy faoliyat, mehnat intizomi va xizmat vazifalarini sifatli bajarish bo’yicha tegishli topshiriqlar berildi.